Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu sun`iy yo`ldoshlarga qarshi tizim muvaffaqiyatli sinovdan o`tganini ta`kidlab, eski yo`ldosh o`ta aniqlik bilan yo`q qilinganini ma`lum qildi.
"Biz haqiqatan ham istiqbolli tizimni sinovdan o`tkazdik. U eski yo`ldoshni o`ta aniqlik bilan nishonga olindi, — dedi Shoygu, jurnalistlarning savoliga javob bera turib.
Xabarda ta`kidlanishicha, Shoygu jurnalistlar bilan Voronej viloyatida G`arbiy harbiy okrugiga amaliy safari chog`ida uchrashgan.
Shoygu shuningdek, eski sun`iy yo`ldoshning parchalari fazoviy faoliyatga hech qanday zarar keltirmasligini ham qo`shimcha qilgan.






