AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi — Mehnat vazirligi

'O`zbekistonda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi — Mehnat vazirligi'ning rasmi

O`zbekistonda 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaydi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning sentyabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikamizning 108ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so`rov o`tkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta o`zini-o`zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo`jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.  

 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida mehnat resurslari soni 19 322,8 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan.

 Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo`lganlar soni 13 609,1 ming kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan.

 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 6 124,3 ming kishini tashkil qilib,  2020  yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo`lganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band bo`lganlar soni 5 943,9 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254,0 ming kishiga kamaygan.

 O`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra ishga muhtoj bo`lganlarning umumiy soni 1 413,7 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo`lganlar orasida ishsizlik darajasi - 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 12,8 foiz bo`ldi.

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 300,0 ming kishini tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kishiga ortishi kuzatildi.

2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko`maklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so`rab murojaat qilgan.

Murojaat qilgan fuqarolarning 302,0 ming nafari ish bilan ta`minlandi, (joriy yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo`lib), yillik dastur 107,4 foizga bajarildi (shuningdek 2020 yilning mos davriga nisbatan 124 foizga oshdi). Xususan, sanoat sohasiga 62 ming, xizmat ko`rsatish va servis sohasiga 73,5 ming, qishloq xo`jaligi sohasiga 28,4 ming, boshqa byudjet korxonalariga 138 ming nafar ishsizlar ishga joylashtirildi.

Murojaat qilgan fuqarolarning 203 ming band bo`lmagan aholi haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 177 mlrd.so`m mablag` to`lab berildi. Jumladan: 163,6 ming nafar ishsizlar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish ishlariga, 21 ming qishloq xo`jaligi ishlariga, 10,7 ming byudjet korxonalariga,  4,6 ming sanoat va xizmat ko`rsatish korxonalariga, 17,1 ming boshqa yo`nalishlarda tashkil etilgan jamoat ishlariga jalb etildi.

Bundan tashqari, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 mlrd.so`m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to`lab berildi.

Yilning o`tgan davrida 31,5 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarga 66,6 mlrd.so`m subsidiya mablag`lari ajratildi. 

 

    Boshqa yangiliklar