Quyidagilarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining 100 foizi miqdorida to`lanadi:
➖ ishlayotgan 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
➖ baynalminal jangchilar va ularga tenglashtirilganlarga;
➖ qaramog`ida 16 yoshga (o`quvchilar 18 yoshga) etmagan 3 yoki undan ortiq bolalari borlarga;
➖ Chernobil AESdagi avariyani tugatishda qatnashganlarga;
➖ Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuasiya qilingan va ko`chirilgan, o`tkir leykoz, adenoma, rak va xavfli o`smali kasallikka chalinganlarga;
➖ mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo`lganlarga.
Boshqa xodimlarga quyidagi miqdorlarda to`lanadi:
- ish staji 8 yil va undan ko`p xodimlarga va 21 yoshga etmagan chin etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
- ish staji 8 yilgacha xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.






