AsosiyJamiyat

Mirziyoev: hokim yordamchilari tomorqasi bo`lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo`y va echki boqilishini tashkil etishga ko`maklashishi lozim

'Mirziyoev: hokim yordamchilari tomorqasi bo`lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo`y va echki boqilishini tashkil etishga ko`maklashishi lozim'ning rasmi

Davlat rahbari raisligida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida kelgusi yilda kambag`allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko`riladigan qator chora-tadbirlar to`g`risida ma`lum qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

  • oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish, xizmat ko`rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so`m beriladi;
  • paxta va g`alladan bo`shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
  • meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so`m resurs yo`naltiriladi;
  • aholi bandligini ta`minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo`naltiriladi;
  • aholi tomorqasida dehqonchilikni yo`lga qo`yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.

Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to`g`ri foydalanib,  tomorqasi bo`lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo`y va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko`maklashishi lozimligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar