AsosiyJamiyat

Namanganda erkak o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lgan 32 yoshli ayolning "Malibu-2"sini yoqib yubordi

'Namanganda erkak o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lgan 32 yoshli ayolning "Malibu-2"sini yoqib yubordi'ning rasmi

Namanganda ayol va erkak tortishuvi sabab "Malibu-2" avtomashinasi yonib ketishiga sabab bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi. 

Aniqlanishicha, 2021 yil 13 noyabr kuni soat 4:00larda Namangan viloyati IIB 102-xizmatiga kelib tushgan xabarga ko`ra, Namangan shaxar Davlatobod tumanida yashovchi 1989 yilda tug`ilgan ayolga tegishli "Malibu-2" rusumli avtomashinasini yashash uyi oldiga qo`ygan vaqtida soat 04:00lar chamasida avtomashinasidan yong`in chiqib zararlangan.

Mazkur xolat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida ayol bilan 2021 yil mart oylaridan buyon ishqiy munosabatda bo`lib kelgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro bilan o`rtalarida bo`lib o`tgan kelishmovchiliklar sababli fuqaro mast xolatda 2021 yil 13 noyabr` kuni soat 03:00larda o`zi bilan 10 litr xajimdagi elim idishda  benzin olib kelib, ayolga tegishli "Malibu-2" rusumli avtomashinasini xaydovchi tomon oynasini tosh bilan sindirgan. Qo`lida bo`lgan elim idishdagi benzinni avtomashina salonini ichiga sepib yonida bo`lgan gugurt bilan o`t yoqib yubrganligi aniqlangan.

Xozirda mazkur xolat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar