AsosiyDunyo

Dehlida ekologik vaziyat o`ta yomonlashdi. Yagona najot - yomg`ir...

'Dehlida ekologik vaziyat o`ta yomonlashdi. Yagona najot - yomg`ir...'ning rasmi

Dehli hukumati havoning o`ta ifloslanishi sababli maktablarni yopmoqda. Shuningdek, yana boshqa cheklovlarni ham joriy qilinmoqda. Bu haqda xorijiy OAVga tayanib Zamon.uz xabar berdi. 

 Ta`kidlanishicha, ayni kunlarda Yangi Dehlida kuzatilayotgan bunday havo ifloslinishi jahon sog`likni saqlash tashkiloti belgilagan xavfsiz chegaradan ham 30 barobar yuqori. Bu esa haqiqatda ham vaziyat yomonligi ko`rsatadi.  

Hozirda shifoxonalar nafas olishda muammosi bor fuqarolar bilan to`la. Yo`l harakatlari to`xtatilgan. Hatto inshootlar qurilishi ham to`xtagan. 

Ma`lumtlarga ko`ra, Amerika aviasiya shirkati ham vaziyatni inobatga olib, Yangi Dehliga bo`ladigan parvozlarni 4 kunga cheklagan. 

Hukumat vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo`li yomg`ir yog`ishi deb ta`kidlaydi. Agar yomg`ir yog`adigan bo`lsa, havoning ifloslanishi ham ma`lum darajagacha pasayadi.  

Ekologik viziyat Yangi Dehlidan tashqari Gurgaon, Noida va G`oziobod shaharlari ham kuzatilayotgani aytilmoqda  .

    Boshqa yangiliklar