AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda qo`riqxonadan jayron ovlayotgan brakonerlar ushlandi

'Qoraqalpog`istonda qo`riqxonadan jayron ovlayotgan brakonerlar ushlandi'ning rasmi

Sudoche-Akpetkey buyurtma qo`riqxonasida olib borilgan reyd tadbirida Taxtako`pir tumani "Qoңratkөl" OFYda yashovchi fuqarolar E.A va B.K, Yu.S, U.Alar tomonidan noqonuniy ravishda “Qizil kitobi”ga kiritilgan 1 bosh jayron va 1 ta quyonni ovlagani aniqlangan Bu haqda qo`riqxona axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat bo`yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirgi vaqtda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar