O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun,12 noyabr kuni kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan uchrashdi.
Davlat rahbari Turkiya etakchisini Turkiy davlatlar tashkilotining tarixiy sammiti muvaffaqiyatli o`tkazilgani va ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilmaga raislikni qabul qilib olgani bilan yana bir bor tabrikladi, deya xabar beradi Prezident matbuot kotibi.
Ta`kidlanishicha, Prezidentlar O`zbekiston-Turkiya strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko`rib chiqishgan.
Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikdagi bugungi yuqori sur`atlarni saqlab qolish, tovar ayirboshlashni ko`paytirish, ikki mamlakat etakchi korxona, kompaniya va banklari kooperasiyasini kuchaytirish muhim ekani aytilgan.
Gumanitar aloqalar faollashgani, O`zbekiston va Turkiyada madaniy tadbirlar muntazam o`tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.






