IIV Akademiyasi rahbari Rustam Hotamov Kun.uz'ga bergan intervyusida O`zbekiston ham yaqin yillarda "polisiya" tizimiga o`tishini aytib o`tdi.
Uning qayd etishicha, tizimda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar ham shunga qaratilgan.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish lozim, 1991 yildan keyin "milisiya" ichki ishlar organlariga o`zgartirildi, ammo xalq orasida hamon "milisiya" atamasi ishlatiladi.
Shu sababda ham O`zbekistonda ham polisiya tizimiga o`tish uchun katta qadam tashlangani va albatta yaqin yillarda bu tizimga o`tilishi ta`kidlanmoqda.






