Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiy kengash davlatlarining hamkorlik borasida hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlaridan to`laqonli foydalanishga chaqirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qilmoqda.
Unga ko`ra, shu munosabat bilan Prezidentimiz qator takliflarni ilgari surdi:
- Tashkilot doirasida savdo aloqalarini kengaytirish uchun qulay va jozibador sharoitlarni yaratish;
- uchinchi davlatlardan kirib kelayotgan mahsulotlarni Tashkilotga a`zo mamlakatlarda ishlab chiqarish mumkin bo`lgan tovarlar hisobidan qoplash;
- Turkiy davlatlar savdo hamkorligi bo`yicha tadqiqot markazini tashkil etish;
- Turkiy davlatlar tashkilotining transport sohasidagi o`zaro bog`liqliq dasturini ishlab chiqish;
- davlatlarimizdagi ixtisoslashgan tashkilotlar negizida “Injiniring va texnologiyalar markazlari”ni tashkil etish;
- kelgusi yili O`zbekistonda «Turkiy davlatlar sanoat haftaligi»ni o`tkazish.






