AsosiyJamiyat

Nosozlik ro`y berdi: Toshkentning uchta tumanida issiq suv va issiqlik ta`minotida uzilish bo`ldi

'Nosozlik ro`y berdi: Toshkentning uchta tumanida issiq suv va issiqlik ta`minotida uzilish bo`ldi'ning rasmi

 Bugun Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta`minotida nosozlik ro`y bergani sababli, mazkur qozonxonadan issiq suv va issiqlik uzatish vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Xabarga ko`ra,  Yunusobod tumanida to`liq, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik ta`minotida uzilish kuzatilmoqda.

Ayni paytda Issiqlik markazida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.  

Mutasaddilar soat 17:00 gacha issiq suv va kechki 24:00 ga qadar issiqlik ta`minoti to`liq tiklanishini ma`lum qildilar, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar