AsosiyDunyo

Nogiron bolalarning ta`lim olish huquqi buzib kelinmoqda — YuNISEF

'Nogiron bolalarning ta`lim olish huquqi buzib kelinmoqda — YuNISEF'ning rasmi

YuNISEF, shuningdek, dunyodagi nogiron bolalar sonini ochiqladi.
YuNISEF ma`lumotlariga ko`ra, butun dunyoda nogiron bolalarning ta`lim jarayonlaridan ortda qolayotganini ma`lum qildi. Bu haqda tashkilot hisobotida so`z yuritiladi.

YuNESKO 42 davlatda 60 ko`rsatkich bo`yicha maxsus tadqiqot o`tkazgan. Unga ko`ra, butun dunyoda 240 million nogiron bola bor. Hisobotda aytilishicha, ularning huquqlari tug`ilishi bilanoq buziladi: ko`pincha imkoniyati cheklangan bolalar ro`yxatga olinmaydi, ular g`amxo`rlik, tibbiy yordam, ta`lim olish kabi bazaviy huquqlardan mahrum etiladi.

 Tadqiqotda ko`tarilgan masalalardan biri – nogiron bolalar ta`limi. Ularning ta`lim olishi zarurligi umume`tirof etilgan bo`lsa-da, bolalar bu sohada ortda qolishda davom etmoqda. YuNISEF imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa tengdoshlari bilan teng huquqlarga ega bo`lishi zarurligini alohida ta`kidladi.

 

    Boshqa yangiliklar