Kelishuvga erishish uchun 30 dan ortiq onlayn uchrashuvlar o`tkazilgan.
10-noyabr kuni Xitoy va AQSh iqlim o`zgarishiga qarshi hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha qo`shma deklarasiyani imzoladi. Bu haqda oav.uz "Interfaks”ga tayanib xabar bermoqda.
Xitoyning iqlim o`zgarishi bo`yicha maxsus vakili Xie Chjenxua, so`nggi 10 oy ichida AQSh va Xitoy ushbu tashabbusni tayyorlash uchun 30 dan ortiq onlayn uchrashuvlar o`tkazganini ta`kidladi.
“Dunyoning ikki yirik kuchi sifatida Xitoy va AQSh iqlim o`zgarishiga qarshi kurashishda boshqalar bilan birgalikda ishlash mas`uliyatini o`z zimmalariga olishlari kerak”, - deya qo`shimcha qildi Xitoy vakili.






