Bugun, 11 noyabr kunidan boshlab bir nechta banklar dollar kursini oshirdi, deya yozmoqda spot.uz.
Ma`lum qilinishicha, ayni paytda aksariyat banklarda mazkur valyutani 10 710 so`mga sotib olish, 10 770 so`mga sotish taklifi mavjud. Bu yangi maksimal belgidir. Valyuta kursi bo`yicha avvalgi rekord salkam ikki oy avval o`rnatilgandi. O`shanda dollar ilk bor 10 760 so`mga ko`tarilgan edi. Shundan so`ng, kurs bir necha hafta davomida o`zgarib turdi.
Ma`lumot uchun, fevral oyining o`rtalaridan boshlab Markaziy bank valyuta kurslarini avvalgidek haftada bir marta emas, har kuni e`lon qilmoqda.






