Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 992 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 288 ming 352 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 194 nafariga ijtimoiy yordam, 10 ming 951 nafariga moddiy yordam ko`rsatildi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek:
- 5 ming 984 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
- 308 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
- Xorijda vafot etgan 361 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.
- 408 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
- Og`ir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.
- Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to`lanmay turgan qariyb 892,1 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensasiyalari undirib berildi.






