2021 yilning 11 noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish jarayonlari boshlandi.
Bu haqda "Statqo`m" xabar berdi. Ta`kidlanishicha, mazkur 4 ta hududning onlayn ro`yxatdan o`tmagan aholisi 11-25 noyabr kunlari ro`yxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, qog`oz va planshet orqali savolnomalar to`ldirib boriladi.
"Bu sinov jarayonlari 2023 yilda o`tkaziladigan aholini ro`yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`tkazilmoqda.
Hurmatli vatandoshlar! 11-25 noyabr kunlari sinov tariqasida o`tkazilayotgan aholini ro`yxatga olish jarayonlariga faol qatnashing",–deyiladi xabarda.






