Kecha O`zbekistonda 275 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 10 noyabr holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 188892 (+273) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 17 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 15 nafari Namangan viloyatida,
- 19 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 27 nafari Farg`ona viloyatida,
- 16 nafari Xorazm viloyatida,
- 56 nafari Toshkent viloyatida,
- 91 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1349 nafarni tashkil qilgan.
Sog`liqni saqlash vazirligi bunday vaziyatda aholidan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishni so`ramoqda.






