AsosiySport

Pokistonda o`tkazilgan xalqaro sport musobaqasida harbiylarimiz ikkinchi o`rinni egallashdi

'Pokistonda o`tkazilgan xalqaro sport musobaqasida harbiylarimiz ikkinchi o`rinni egallashdi'ning rasmi

Pokiston Islom Respublikasining Lahor shahrida o`tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik va jangovar qobiliyat tizimi” bo`yicha III  Xalqaro sport musobaqasi bo`lib o`tdi. Unda Musobaqada 12 ta mamlakatdan 18 ta jamoa qatnashdi.
 

Ushbu bahsda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida mezbon jamoadan so`ng faxrli 2-o`rinni egalladi. Mazkur musobaqadan qaytgan harbiy xizmatchilardan iborat jamoa a`zolari “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirdda vazirlikning mas`ul ofiserlari, g`olib harbiy xizmatchilarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Murosasiz kurash olib borgan ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini 11 nafar harbiy xizmatchilar ham himoya qilishdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar