AsosiyJamiyat

Yaxshi mashina minishga qo`rqqan, mablag` olish uchun hokimlik va banklarda sarsoni chiqqan tadbirkor Yangi O`zbekistonni - imkoniyatlar mamlakati deb atadi (video)

'Yaxshi mashina minishga qo`rqqan, mablag` olish uchun hokimlik va banklarda sarsoni chiqqan tadbirkor Yangi O`zbekistonni - imkoniyatlar mamlakati deb atadi  (video)'ning rasmi

"Xalqchil yondashuv" loyihasining bu galgi mehmoni  tadbirkor Abror NARZIEV bo`ldi. U bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga o`z tajribasidan kelib chiqqan holda baho berdi. 

"8-sinfda o`qib yurganimda xonadonlardan mayiz, yong`oq yig`ardim, mag`zini ajratardim, sifatiga qarab saralab, sotar edim. Keyinchalik tadbirkorlik sirlarini to`liq o`rganib, mustaqil 6 xil mahsulot chiqarishni boshladim.

Uzoq yillardan beri faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkor sifatida aytishim mumkin, bizga etarlicha e`tibor bo`lmagan, tadbirkorman deb ko`krak kerib yurish qiyin bo`lgan. Hokimliklarda ish bitmay, banklarning eshigi oldiga borib yotishlar — boshimizdan o`tgan. Oddiy bitta hujjat qilish uchun yillab kuttirishardi, o`shanda ham bu hujjat oxiriga etmasdi. Panada yurishni xohlaganmiz. Oddiy misol, men o`zim yaxshi mashina olib minishga qo`rqqanman.

Bugun har bir inson, qaysi sohada ishlamasin, o`z qadrini topyapti. Xususan, tadbirkorlarga alohida e`tibor qaratilyapti, subsidiyalar berilyapti. Yangi O`zbekiston — imkoniyatlar mamlakati»,- deydi tadbirkor.

    Boshqa yangiliklar