AsosiyJamiyat

“Sayyoh - 2021” xalqaro forumi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

'“Sayyoh - 2021” xalqaro forumi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.'ning rasmi

“Jamiyat-islohotlar tashabbuskori” g`oyasini amalda ro`yobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayoni va natijadorligi to`g`risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazilishida ko`maklashish maqsadida, Federasiya tomonidan xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan forumlar, uchrashuvlar va boshqa ijtimoiy ahamiyati loyihalar asosida tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.

Ana shunday nufuzli anjumanlarning navbatdagisi, Federasiya tashabbusi bilan Xalqaro iste`molchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro iste`molchi jamiyatlari konfederasiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25 noyabr kunlari turizm sohasida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumini o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik ishlari jadal tarzda olib borilmoqda.

Ahamiyatli jihati shundaki, Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targ`ib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro me`yor va standartlarni implementasiya qilinishi, turizm oshiruvchi faoliyatni kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida ko`maklashish hamda turizm sohasida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga tusqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

O`zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan iste`molchilar huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Ammo bugunga qadar sohada mavjud kamchiliklar tadqiq etilmoqda. Federasiya tomonidan tashkil etilayotgan ushbu forum sohadagi mavjud muammolarni o`rganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish,  xalqaro tajribani hayotimizga kirib kelishida ulkan rol o`ynaydi. Bir so`z bilan aytganda, iste`molchilar huquqlarini himoya qilish, mamalakatimizning boy tarixi va bugungi rivojlanishlar bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishda Forumning o`z o`rni bor.

Qayd etish joizki, “Sayyoh - 2021” xalqaro forumida Xalqaro iste`molchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International) prezidenti Marimutu Nadasan hamda bosh direktori Xelena Loran, Xalqaro iste`molchi jamiyatlari konfederasiyasi boshqaruvchi raisi Dimitriy Yanin va oltmishga yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Iste`molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ushbu forumda xalqaro tashilotlarning bu kabi vakillarining ishtiroki mamalakatimizda iste`molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinayotgan ishlarni keng ommaga targ`ib etishda, rivojlangan mamalakatlarning bu sohadagi tajriba va yutuqlarini o`rganishda ulkan imkoniyat bo`lib xizmat qiladi desak mubolag`a bo`lmaydi.

    Boshqa yangiliklar