Bu haqda "Toshshahartransxizmat" Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi "Toshkent MUM" AShB joylashgan ko`chada yo`l-ta`mirlash ishlari yakuniga etganligi sababli, avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.
Shu munosabat bilan, 2021 yil 10 noyabr kunidan boshlab 1, 13, 19, 21, 22, 30, 37, 85-sonli avtobus yo`nalishlari harakatini avvalgidek davom ettiradi, deyilgan xabarda.






