Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi yirik mulkni kimoshdi savdosiga qo`ydi.
Ma`lum qilinishicha, Chilonzor tumani Tirsakobod mahallasidagi 60-sonli harbiy shaharchadagi ob`ekt Vazirlar Mahkamasining 26-avgustdagi qaroriga asosan sotuvga qo`yilgan
Lot 27,86 gektar maydonda joylashgan. Bino va inshootlarning umumiy maydoni 29,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha kommunikasiyalar — elektr, gaz, suv va kanalizasiya bor.
Ob`ektning boshlang`ich bahosi — 204,9 mlrd so`m. Arizalar shu yilning 11 dekabriga qadar qabul qilinadi, savdolar esa 13 dekabr kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda bu saytda sotilgan eng qimmat lot hisoblanadi.






