AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi chang miqdori eng yuqori bo`lgan hududlar ma`lum qilindi

'O`zbekistondagi chang miqdori eng yuqori bo`lgan hududlar ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati 4-6 noyabr kunlari davrida chang g`ubor vaqtida atmosfera havosi ifloslanishi bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni O`zbekiston xududiga Ural xududlaridan sovuq havo oqimi kirib keldi.

Sovuq front zonasida shamolning kuchayishi 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ba`zi joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Shamol ta`sirida tuproqning yuqori qurigan ustki qatlami ko`tarilib, respublikaning bir qator hududlariga ko`rishning 100-200 m gacha yomonlashishi bilan changli qumli tuman ta`sirini yuzaga keltirdi. Atmosfera havosida changning miqdori keskin o`sdi.

 4 noyabrda havoda chang miqdori bo`yicha  maksimal ahamiyatlilik: Guliston, Olmaliq shahrida 20 REM, Chirchiq-26 REM, Toshkent-33 REM, Bekobod-18 REM, Angren-8 REM, Buhoro shahri-14 REM, Navoiy shahri-8 REM, Samarqand – 4 REM, Sariosiyo, Namangan, Urganch, Farg`ona, Qo`qonda tahminan 2 REMni tashkil etdi. 

 Tungi soatlarda atmosferaning quyi qatlamlarida hosil bo`lgan iversion to`xtatuvchi qatlam natijasida erning ustki qatlamida havoning past darajasi  changning tarqalishiga to`sqinlik qildi.

 5 va 6 noyabr kunduz kunlari atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshladi va 2 dan 8 REM darajasigacha etdi.

 8 noyabr kunduz kuni Respublikada atmosfera havosi ifloslanishi faqat ayrim shaharlarda ruxsat etilgan ahamiyatlilikdan yuqori bo`ldi.

Ma`lumot uchun: Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi ustidan kuzatuvlar avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalaridan har soatda amalga oshirilgan. Boshqa shaharlarda esa kuzatuvlar diskret tartibda olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar