AsosiyJamiyat

Farg`ona va Namangan viloyatlarida qo`llanilgan vaksina miqdori 3 million dozadan oshdi

'Farg`ona va Namangan viloyatlarida qo`llanilgan vaksina miqdori 3 million dozadan oshdi'ning rasmi

9 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 323 616 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 184 874  nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 82 717 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 56 025 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 28 494 503 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 14 834 189  nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 9 049 573  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 4 610 741 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Samarqand viloyati (62 649 doza),
  • Toshkent viloyati (35 280 doza),
  • Toshkent shahri (30 738  doza) band qildi.

E`tiborlisi, Farg`ona va Namangan viloyatlarida qo`llanilgan vaksina miqdori 3 million dozadan oshdi.

Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 69,1 foizni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar