AsosiyJamiyat

"Avto 60-oy"dan jabr ko`rganlarga 9,5 mlrd so`m qaytarildi va ishlar davom etmoqda, biroq…

'"Avto 60-oy"dan jabr ko`rganlarga 9,5 mlrd so`m qaytarildi va ishlar davom etmoqda, biroq…'ning rasmi

Ma`lumki, jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining 29.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan “Avto 60-oy” MChJ mansabdor shaxslari J.Baxodirov va boshqalarning jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov organi tomonidan xatlangan 28,6 mlrd. so`m pul mablag`larini 15.761 nafar undiruvchilarga etkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga kelib tushib ijro ishi qo`zg`atilganligi va Byuro markaziy apparati tashabbusi bilan Byuro xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tashkil etilgani haqida muqaddam xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi  jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`yicha katta inspektorining Marg`uba Amonovaning "Darakchi"ga xabar berishicha, hozirda ishchi guruhlarga 11.912 mingga yaqin fuqarolar murojaat qilib, o`zlariga tegishli hisob raqamlar xaqidagi ma`lumotlarni taqdim qilishgan.

Ariza taqdim etgan jami 11.559 nafar fuqarolarga 23,6 mlrd. so`mlik pul mablag`lari o`tkazib berildi.

Qolgan fuqarolarimizning ham pullarini qaytarib olishlari uchun murojaatlari etishlari lozim.

Bu borada, Majburiy ijro byurosi fuqarolarimiz uchun yanada qulay bo`lishi va ortiqcha ovoragarchilikning oldini olish maqsadida, Ishchi guruh a`zolarini nafaqat MIB boshqarmalarida, balki fuqarolarimiz yashayotgan MIB tuman-shaharlarida ham tashkil etdi.

Demak, endi fuqarolarimiz pullarini olish uchun MIB tuman-shaharlariga ham murojaat etishlari mumkin.

Murojaat etish uchun Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi yoki o`zi yashab kelayotgan tuman-shahar bo`limlariga  shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan (dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) murojaat qilishlari so`raladi.

Yana bir muhim ma`lumot:  yaxshi bilamizki, MIB sud va boshqa organ hujjatlarini ijrosini ta`minlaydi.

Ma`lum bo`lishicha, hozirda 800 dan ortiq fuqarolarimiz MIB organlariga “Avto 60-oy” MChJ.dan jabr ko`rgan shaxs sifatida va zarar pullarini olishi uchun murojaat etishgan bo`lsada, ularning nomlari sud qarorlari aks etmagan.

Demak, ushbu fuqarolarimiz bu masalada tergov va sud organlariga murojaat etishlari lozim.

Undiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar