AsosiyJamiyat

Hokimlar daraxt ekish bo`yicha xalqqa, Prezident va Senatga hisobot beradi. Qo`shib yozish yo`q!

'Hokimlar daraxt ekish bo`yicha xalqqa, Prezident va Senatga hisobot beradi. Qo`shib yozish yo`q!'ning rasmi

Bugungi kunga qadar Qoraqalpog`iston, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahri “Yashil makon” tashabbusi doirasida ishga faol kirishgan bo`lsa, Surxondaryo, Sirdaryo (1 foizdan) va Xorazm (2 foiz) viloyatlarida daraxt ekish reja ko`rsatkichlaridan ancha ortda qolgan. Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Tomdi, Do`stlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, G`uzor, Kitob tumanlarida esa ko`chat ekish ishlari haligacha boshlanmagan. Ushbu tuman hokimlariga qat`iy ogohlantirildi, deya xabar qildi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov prezident ishtirokidagi videoselektor yig`ilishidan.

Shu sababli mas`ullar endi ko`chat ekash bo`yicha hisob berib boradi.

“Oxirgi 3-4 kunda bo`lib o`tgan changli ob-havo sharoiti ham, ushbu dastur qanchalik to`g`ri ekanligini yaqqol ko`rsatib turibdi. Bir narsani aniq tushunish kerak, viloyat, tuman va shahar hokimlari uch kun muddatda o`zining hududida xalqqa murojaat qiladi, Prezident va Senatga qilingan ishlar haqida har oyda hisobot beradi. Bunda qo`shib yozish, raqamlarni bo`rttirib ko`rsatish, pala-partish qilingan ishlar o`z-o`zidan bilinib qoladi”, dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar