AsosiyJamiyat

Olmaliqda daydi it tishlagan ikki kishi olamdan o`tdi

'Olmaliqda daydi it tishlagan ikki kishi olamdan o`tdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq tumanida ikki fuqaroning qutirishdan vafot etganligi to`g`risida xabarlar tarqalgan edi. 

Tarqatilgan xabarlar bo`yicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi rasmiy bayonot berdi.

O`rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar tasdig`ini topmagan. 

Qo`mitaning ma`lumotiga ko`ra, olti oy avval qarovsiz qolgan daydi itning tishlashi natijasida, ya`ni quturgan daydi it jarohat etkazgan shaxslar o`z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmaganligi tufayli ikki kishi olamdan o`tgan.

Xabarlarda qayd etilgan Olmaliq tumanida 141 nafar yoshlarning quturish kasalligiga chalinganligi to`g`risidagi ma`lumotlar mutlaqo asossiz, ekanligi ta`kidlanmoqda.

Eslatib o`tamiz, kecha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Oltiariq tumanida yashovchi fuqaroning sigiri quturish kasalligiga duchyor bo`lgani, xonadon egasi va uning turmush o`rtog`i shifoxonaga yotqizilgan haqida xabar bergan edi. 

    Boshqa yangiliklar