AsosiyJamiyat

Fransiya universiteti professorlari Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumida ishlashmoqda

'Fransiya universiteti professorlari Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumida ishlashmoqda'ning rasmi

Fransiya Ruan Normandiya va “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti o`rtasida 3 yillik hamkorlik memorandumi onlayn tarzda imzolangan. Bu haqda Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hamkorlik doirasida Ipak yo`li turizm xalqaro universiteti bilan keng qamrovli ta`lim va ilmiy aloqalar, xususan universitet huzuridagi, hozirda Buxoro turizm madaniy meros texnikumi  Evropaning nufuzli ta`lim dargohi bilan o`zaro aloqalarni rivojlantirish maqsad qilingan.

Hamkorlik memorandumining onlayn imzolash marosimida tomonlarning o`zaro uchrashuvi 2021-yil noyabr oyida Buxoro va Samarqandda tashkillashtirilishi rejalashtirib olingan.

8-noyabr kuni Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi Fransiyaning Ruan universiteti professor-o`qituvchilarini kutib olishdi.

Ikki kun davomida Ruan universiteti professor-o`qituvchilari qo`shma dastur asosida ish olib borishadi.  

Unda talabalar va o`qituvchilar tajriba almashinuvi, dars jarayonlaridagi yangiliklar va qator qo`shma dasturlar o`rin olgan.

 

    Boshqa yangiliklar