AsosiyJamiyat

Nyu-Yorkdan Toshkentga narkotik moddalar olib kirayotgan fuqaro aeroportda "qamoq"qa jo`natildi

'Nyu-Yorkdan Toshkentga narkotik moddalar olib kirayotgan fuqaro aeroportda "qamoq"qa jo`natildi'ning rasmi

Toshkent shahri aeroportlarida XTB TEQKB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1 noyabr kuni “New-York-Toshkent» yo`nalishidagi aviareys bilan "Islom Karimov" nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan, 1979 yilda tug`ilgan Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi K.Sh. o`zini shubhali tutganligi sababli nazoratdan o`tkaziladi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar berdi.

Advokat, mutaxassis hamda xolislar ishtirokida fuqaroning qo`l sumkasi qismi va buyumlari ko`zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlarini chekish uchun mo`ljallangan 2 dona shisha "trubka", 4 dona "SBD" nomli EKBning xulosasiga ko`ra jami 1,1079 gramm "Kannabis moyi" giyohvandlik moddasi va 1 dona chekish uchun mo`ljallangan elektron trubka, 1 dona tamaki mahsulotlarini maydalovchi moslama, 1 dona ko`z dorisi hamda 1 dona elektron sigaret borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi "qamoq" qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar