Kasallanishlar soni yana pasaydi: kecha mamlakatimizda 260 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, pnevmoniyaga chalinish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda SSV xabar berdi.
2021 yil 6 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 187924 (+258) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 18 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 14 nafari Namangan viloyatida,
- 22 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 23 nafari Farg`ona viloyatida,
- 17 nafari Xorazm viloyatida,
- 48 nafari Toshkent viloyatida,
- 92 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 10 nafar,
- Andijon viloyatida 27 nafar,
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Jizzax viloyatida 31 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 21 nafar,
- Samarqand viloyatida 25 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg`ona viloyatida 20 nafar,
- Xorazm viloyatida 7 nafar,
- Toshkent viloyatida 45 nafar,
- Toshkent shahrida 156 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 183969 (+357) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1338 nafarni tashkil qildi.
Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrash so`ralmoqda.






