AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Neksiya" gaz balloni portlab ketdi

'Qashqadaryoda "Neksiya" gaz balloni portlab ketdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, kecha - 3 noyabr kuni  Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Neksiya avtomobilida portlash yuz berdi. 

Tumanning «Annaro`z» mahallasidan o`tuvchi avtomobil yo`lida harakatlanib borayotgan Chiroqchi tumani «Suvliq» mahallasida yashovchi fuqaro 1992 yilda tug`ilgan X.N boshqaruvida bo`lgan «Neksiya» avtomashinasida o`rnatilgan metan gaz ballonida yorilish (portlash) sodir bo`lgan.

Hodisa oqibatida halok bo`lish holatlari qayd etilmagan. Biroq, haydovchi va  «Suvliq» mahallasida yashovchi 1973 yilda tug`ilgan yo`lovchi B.B lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Sodir bo`lgan vaziyat bo`yicha qutqaruv xizmatiga murojaat kelib tushmagan.

Hozirda holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar