Bu haqda AOKAda "O`zgidromet" markazi axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo`jaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
"O`zgidromet"ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik stasionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko`tarila boshladi. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me`yordan 5 barabarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko`tarilishi qayd etildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiya kuzatildi va bu davr oralig`ida chang miqdori ruxsat etilgan me`yoriy ko`rsatkichdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
️Yog`ingarchilik kutilmayotgani bois chang g`uborlar yaqin kunlar ichida ham saqlanib qolinishi kutilmoqda", - deydi Matbot kotibi.






