AsosiySport

Xushxabar! Abdumalik Xalokov finalda

'Xushxabar! Abdumalik Xalokov finalda'ning rasmi

Xabaringiz bor, Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilayotgan boks bo`yicha jahon chempionati o`zining eng muhim pallasiga kirdi. Bugundan bokschilar final yo`llanmasi uchun jang qilishmoqda.

Yarim final bahslariga hamyurtlarimizning ikki nafari etib keldi. E`tiborlisi, -60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov yarim finalda jang qilmasdan final yo`llanmasiga ega chiqdi.

Ma`lum bo`lishicha, bokschimizning raqibi eronlik Daniyal Shaxbash jarohati sabab ushbu jangda ishtirok eta olmagan. Endi hamyurtimiz oltin medal uchun Fransiya yoki Dominikan Respublikasi vakiliga qarshi jang qiladi.

    Boshqa yangiliklar