Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Q.” fermer xo`jaligi ishchisi A.Q. va boshqalar ushbu fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan noturar joy uchun ajratilgan 8 sotix er maydonini fuqaro I.ga 3 800 AQSh dollari evaziga kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali turar joy uchun ajratib berishga kelishib, oldindan 2 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Xonobod shahar bo`limi tomonidan DXXning Andijon viloyat boshqarmasi bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “R.X.” fermer xo`jaligi rahbari X.R. o`g`li X.ga “Shahrixonsoy” irrigasiya boshqarmasi tomonidan vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan 40 kv. metr er maydonini fuqaro A.ga engil tipdagi savdo do`koni qurishi uchun 2 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, keyinchalik kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va`da qilib, oldindan 200 AQSh dollarini qo`lga kiritib qolgan 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






