3 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Afg`onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afg`oniston yo`nalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa`y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Rossiya Elchisi O`zbekistonning Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o`rnatishda faol ishtirok etayotganini alohida ta`kidladi.
Shuningdek, afg`on xalqiga gumanitar yordam ko`rsatish, Afg`onistonga iqtisodiy ko`mak berish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.






