Qarshining “Nasaf” klubi OFK kubogining Inter zonal final uchrashuvi doirasida Gongkongning “Li Man” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur o`yinda Ro`ziqul Berdiev shogirdlari g`alaba qozonsa, musobaqaning hal qiluvchi final bahsiga yo`llanma oladi. Keyingi yarim final juftlikida esa Bahrayning “Muharrak” hamda Quvaytning “Quvayst SK” jamoalarida o`zaro bahs yuritadi.
Bundan avvalgi bosqichlarda “Nasaf” jamoasi “Axal” (Turkmaniston) 3:2, Hindistoning “Mohun Bagan” klubini esa 6:0 hisoblarida mag`lubiyatga uchratgandi. “Li Man” esa guruh bosqich bahslarini yuz foizlik ko`rsatkich bilan yakunlab, Inter zonal final o`yini yo`llanmasiga ega chiqqan.
Ma`lumot uchun, “Nasaf” 2011 yilda ham aynan ushbu musobaqa g`oliblig`ini qo`lga kiritgan edi.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






