Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisining aksariyati unga ovoz berganiga amin va 500 mingga yaqin beloruslar uni prezidentlik lavozimida ko`rishni xohlamasliklarini aytdi.
"Biz odamlar borligini bilardik, ular juda ko`p edi - yarim million. Ular ilgari amaldagi prezidentga ovoz berishmagan (taxminan shuncha). Aynan shu narsa so`nggi saylovlarda sodir bo`lgan. Ammo buni tushunishingiz kerak. 6 millionga yaqin odam amaldagi hukumatga, amaldagi prezidentga ovoz berdi",–dedi Lukashenko payshanba kuni qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha yig`ilishda.
Ma`lumot o`rnida, joriy yil 11-12 fevral kunlari oltinchi marotaba Butunbelarus xalq yig`ilishi o`tkaziladi.
Yig`ilish ilk bor 1996 yilning oktyabr oyida Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha referendumdan oldin o`tkazilgan. O`shandan beri bunday uchrashuvlar har 5 yilda bir marta o`tkazilib, kelgusi besh yilga mo`ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini tasdiqlaydi.
Bunday uchrashuvlar 2001, 2006 va 2010 yillarda Prezident saylovlaridan biroz oldin o`tkazilgan. Beshinchi Butunbelarus xalq yig`ilishi 2016 yilning yozida Prezidentlik saylovlaridan so`ng bo`lib o`tgan.






