AsosiyJamiyat

Vohaliklarning uch yillik orzusi amalga oshdi

'Vohaliklarning uch yillik orzusi amalga oshdi'ning rasmi

"Yosh kitobxon" ko`rik tanlovining 20-30 yosh toifasi bo`yicha Respublika bosqichi bo`lib o`tdi. Bu yilgi g`oliblik qashqadaryoliklarga nasib qildi va vohaliklarning uch yillik orzusi amalga oshdi.

Koson tumanidagi 15-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Surayyo Shodieva  "Yosh kitobxon" ko`rik tanlovining Respublika bosqichida faxrli birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. U an`anaga ko`ra Prezident sovg`asi — Spark avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Biz ham tahririyatimiz nomidan g`olibani va barcha vohaliklarni tabriklaymiz!

Boshqa yangiliklar