AsosiyJamiyat

79 yoshli fuqaroning xonadonida kuch ishlatib talonchilik qilgan shaxs qo`lga olindi

'79 yoshli fuqaroning xonadonida kuch ishlatib talonchilik qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2019 yil 18 noyabr kuni taxminan soat 15:00 larda noma`lum shaxs o`zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida,Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-mavze 14-uy 21-xonadonga g`ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon egasi 79 yoshli T.M.ni hayoti va sog`lig`i uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatgan.

Talonchi xonadon egasi T.M.ning chap qo`l nomsiz barmog`ida bo`lgan narxi 1.000.000 so`mlik tilla uzugini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Birlamchi tibbiy ma`lumotnomaga ko`ra, T.Mga «burun sohasi tepa yumshoq to`qimalari lat eyishi» tashxisi qo`yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 34 yoshli I.Q. sodir qilganligi aniqlanib, 2019 yil 25 noyabr kuni prosessual tartibda ushlanib, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, hamda holat bo`yicha so`roq qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar