AsosiyJamiyat

Bloger "Milliy tiklanish" nomzodining plakatidagi xatoni topdi

'Bloger "Milliy tiklanish" nomzodining plakatidagi xatoni topdi'ning rasmi

Tunggi fikrlar kanalida  "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan nomzodi qo`yilayotgan Odil Ahmedovning akasi Yoqub Ahmedovning saylovoldi plakatidagi xatolik tanqid qilindi. Haqiqatdan ham plakatga bir  qaragan odamga, aslida hech gap yo`qdek... Hammasi to`g`ri... 

Ammo birgina "o`" harfining ustidagi ilmoqchaning "tushib" qolgani "qo`l" so`zini "qul"ga aylatirgan. Bunga e`tibor bergan saylovchi zamonaviy viqor bilan hamkorlik uchun qo`l cho`zib turgan tadbirkor suratining tagida yozilgan "Qulni qo`lga beramiz" degan shiorini o`qigach, ovoz bermasligi tayin.   

"Ammo shunday bo`lsa-da, saaaal insof ham kerak-da, «Milliy tiklanish»chilar!😏 Qulni qaysi ko`lga bermoqchisizlar endi?!😜Hazil o`z yo`liga, ammo bunday bannerlarni chop etishdan oldin biron-bir savodli odamga o`qitib olish kerak edi-da. Agar sizlarning saflaringizda shunaqasi bor bo`lsa, albatta...deydi bloger. 

 

    Boshqa yangiliklar