AsosiyJinoyat

Tadbirkordan shantaj yo`li bilan 60 ming dollar undirishmoqchi bo`lishdi

'Tadbirkordan shantaj yo`li bilan 60 ming dollar undirishmoqchi bo`lishdi'ning rasmi

Farg`onada M.Yu. ismli ayolda tadbirkor D. bilan bog`liq bo`lgan videoyozuvlardan o`zining past niyatida foydalanishga qaror qiladi. Tadbirkorga ushbu videoyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib obro`sizlantirish bilan qo`rqitib, undan tovlamachilik yo`li bilan 60 ming AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati  darakchi.uz ga ma`lum qildi.

Ayol aytilgan puldan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy himoyasini ta`minlash yuzasidan Ichki ishlar bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar