AsosiyJamiyat

Yong`in xavfsizligi haqida eslatma!

'Yong`in xavfsizligi haqida eslatma!'ning rasmi

Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo`lgan extiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning extiyotsizligi oqibatida ko`ngilsiz xodisalar sodir bo`lishi mumkin.  

Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi, mazkur xodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilishini so`radi:

-  qo`lbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;

-  tungi vaqt aholi turar joylarida o`rnatilgan isitish tizimini nazoratdan qoldirmang;

-  oshxonada o`rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;  

-  isitish pechlari va ularning mo`rilarini sozligiga, turli buyum va to`siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida tozalanishiga alohida e`tibor bering;

-  isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo`riqnomasi talablariga rioya qiling;

-  isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi maxsulotlarni saqlamang;

-  gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo`l qo`ymang;

-  agarda gaz xidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darxol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering.

Yong`in xavfsizligi qoidalarga rioya etish bilan Siz o`zingiz va yaqinlaringizni yong`indan asrab qolgan bo`lasiz.  

 

    Boshqa yangiliklar