Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Elbek Shukurov “SI.SE” kompaniyasi mutasaddilari, Italiya-O`zbekiston savdo palatasi prezidenti Luidji Iperti, palataning poytaxdagi vakillari bilan uchrashuvda yo`llarni tartibga solishda ishlatiluvchi halqaro standardlar darajasidagi yo`l belgilarini joriy etish masalasi muhokama etildi. Bu haqda Toshkent shahar xokimligi matubot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumot o`rnida qay etish joiz, “SI.SE” kompaniyasi yo`llardagi harakatni tartibga solish belgilarini o`rganish, tayyorlash va amalga kiritish bo`yicha 40 yillik tajribaga ega. Evropa mamlakatlari bilan ushbu yo`nalishda 25 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya vakillari ushbu tajribalaridan kelib chiqqan holda shahrimizdagi yo`llarni tartibga solish borasida o`z takliflarini bildirdilar.
Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari Italiya kompaniyasiga taklif uchun minnatdorlik bildirdilar. Shuningdek, tomonlar ayrim hududlarda mazkur yo`l belgilarini sinov tariqasida joriy etish borasida fikr almashdilar.






