Adolat SDP markaziy kengashi Toshkent shahar Yunusobod tumani Minor 50-okrugdan Deputatligiga nomzod Rustam Umarov Sergeli tumanining nomini o`zgartirishni taklif qildi, deya xabar beradi Partiya matbuot xizmati.
U tumanga “Istiqbol” tumani deb nom berishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.
Nomzodning fikricha bunga asos tumaning nomi asl nomidan o`zgarib ketganligi yuritilishida Sirg`ali emas balki Sergeli deb yuritilishi, Omaviy axborot vositalari tuman nomini ko`p marotabaSergeli deb yuritishi, avtobuslarda, plakatlarda tuman nomi Sergeli deb yozilishi xato kamchiliklar ekanligi bunga asos sanaladi.
U mana shu kamchiliklarni inobatga olib tuman nomini yangicha dunyoqarash va o`zgarishlarning negizi bulishi kerak degan fikrni ilgari surgan.
“Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri va viloyatlarda axolimizga arzon “Uy-joylar”bilan taminlash yuzasidan 5 yil davomida 7 va 9 qavatli uy-joylar qurish to`g`risidagi 2016-yil 22 noyabrdagi qaroriga muofiq «2017-2020» yillarda ko`p qavatli kvartiralar qurishni davom etirish va bitkazish shu jumladan Toshkent shahrida Sergeli tumanida uy joylarga ehtiyojmand oilalar kam ta`minlanganlar ko`p farzandli oilalarga uy-joylar muammosini hal etish muammolari o`rganilib prizident qaroriga muofiq Toshkent shahrida yangi mavze qad ko`tardi.
Ushbu Sergeli asli nomi bilan Sirg`ali ota Tumani nomi ruslashib ketgan tuman nomini o`zgartirish masalasini va xozirgi zamonaviy davrga munosib nom berishni taklif beraman. Prizidentimiz tashabbuslariga shijoatlarini inobatga olib ularga elkadosh bo`lish xar birimizning vatan ravnaqi yo`lidagi majburiyatimiz va xozirgi zamonaviy yoshlarimizning kelajagi va ona tilimizni sof xolatda saqlash mazmunida ushbu tumanga “Istiqbol” tumani deb nom berishni maqsadga muofiq deb bilaman”, — deydi nomzod o`z taklifida.






