Joriy yil 24 noyabr kuni Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Abdug`ofur Ahmedov va O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Andijon viloyatiga safar qilishdi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad viloyatda diniy-ma`rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashish, muammo va takliflarni tinglash, o`z navbatida, amalga oshirilgan ishlarni ko`zdan kechirish hisoblanadi.
Andijon viloyati vakilligi binosida viloyat imom-xatiblari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tinglandi, echimi bo`yicha aniq takliflar berildi.
Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Mirzamaqsud Alimov Andijon viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlandi.
O`z navbatida, viloyat bosh imom-xatibi M.Alimov so`zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun alohida minnatdorlik bildirdi. O`ziga topshirilgan mas`uliyatli vazifani sidqidildan bajarishini aytib o`tdi.






