Xabaringiz bor, sal avval Rossiyaning Orenburg-Oqbulak trassasida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar qilgan edik.
Ayni payotda Tashqi ishlar vazirligi mazkur YTHda halok bo`lgan o`zbekistonliklar haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 2019-yil 22-noyabr kuni Orenburg-Oqbuloq trassasida Orenburg viloyati hududida ichida 8 nafar yo`lovchi, jumladan 5 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida hamyurtlarimizdan 4 nafari vafot etdi, 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi hamda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.






