O`zA nashrining yozishicha, Xitoyning “China Investment” eng ommabop jurnallaridan biri o`zining 2019 yil 10 sonida Farg`ona viloyati hokimi Shuxrat G`anievning “Qisqa vaqt ichida, Xitoy kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni keskin ko`paydi”sarlavhali maqolasini chop etibdi.
Aytilishicha, maqolada dastlab viloyat haqidagi ma`lumot berilgan.
Shuningdek, Shuxrat G`aniev: "Bilamizki, mushtarak hamkorlikdagi ravon va jadal rivojlanish sherik davlatlar uchun global muammolarni echishda istiqbolli yo`llarni ochishda katta rol o`ynaydi", - deb yozadi.
Maqolada diplomatik munosabatlarning samarali natijalari alohida tilga olinadi.
- Xususan, XXR dagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasi ham yuqoridagi ishlarda katta hissasini qo`shib kelayotganiga men qat`iyan ishonamanki, buday qo`shma loyihalar ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalarini yanada mustahkamlaydi,-deydi viloyat hokimi.
So`zim oxirida aytmoqchimanki, men, bundan keyin Xitoy Xalq Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning yanada kengayishiga ishonaman va buning uchun barcha kuchimizni sarflaymiz. Bunda XXR dagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasi yordamiga tayanamiz, - deb yakunladi maqolani Farg`ona viloyat hokimi Shuhrat G`aniev.






