Mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 21 noyabr kuni O`zbekiston fuqarosi A.M.ning yong`in va is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etganini ma`lum qildi.
Hamyurtimiz ushbu shaharga 16 noyabr kuni ishga joylashish maqsadida kelgan edi. Xabarda aytilishicha, ayni paytda Rossiya vakolatli organlari tomonidan tergov oldi tadbirlari o`tkazilmoqda.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi hamda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.
Shuningdek, Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etdi.
Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin:
+7 343 276 31 66,
+7 343 272 31 33.






