AsosiyJamiyat

Eski suratlarni tarqatgan xalq ta`limi bo`limining sobiq xodimiga chora ko`rildi

'Eski suratlarni tarqatgan xalq ta`limi bo`limining sobiq xodimiga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanidagi 20-umumiy o`rta ta`lim maktabi faoliyatiga doir “Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan yozmoqdamiz 20-maktabda normal ta`lim uchun sharoit yo`q” mavzusida foto lavhalar tarqalgan edi. 

Ushbu holat viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan o`rganildi. Aslida vaziyat qanday edi?   

Maktabda 11 ta sinfxona bo`lib, 2019 yilda maktabning pol qismi va elektr tizimi ta`mirlangan. Maktabda kompyuter, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan laboratoriya xonalari mavjud emas.

Maktabning tom qismi 2015 yilda ta`mirlanib, shefir bilan yopilgan. Maktab xojatxonasi ta`mirlangan. Sport zal mavjud emas, ichimlik suvi mavjud, maktab er uchastkasi 1,9 ga bo`lib, atrofi devor bilan o`ralgan.

Maktabning isitish tizimini joriy ta`mirlash uchun 2018 yilda 50 mln so`m ajratilib, joriy ta`mirlangan. 2017 yilda joriy ta`mirlash uchun 25 mln so`m ajratilib, eshik va deraza romlari akfaga almashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda yoritilgan foto lavhalar 2017-2018-o`quv yillarida bo`lib o`qitiladigan fanlar uchun foydalaniladigan sinflar sifatida foydalanilgan xonalarning eski rasmlar, hozirgi kunda bu xonalardan  o`quv sinfxonasi sifatida foydalanilmokda.

Chiroqchi tuman xalq talimi bo`limi maxsus ekspulatasiya guruhining sobiq bo`lim boshlig`i Aliqulov Dehqonboy tumandagi ayrim umumtalim maktablarining eski oldindan tushirilgan foto suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda  foto lavhalar bilan yoritgani uchun unga  nisbatan Chiroqchi tuman mamuriy sudining 2019 yil 21 avgustdagi qarorining tegishli moddalari bilan eng kam ish xaqining 5(besh) barovari miqdorida jarima jazosi bilan jazolangan.  

 

    Boshqa yangiliklar