AsosiyJamiyat

Nega IIV Matbuot xizmati jim? Vazir o`rinbosari ishdan olingani va general Dmitriy Pan qamoqqa olingani yolg`onmi?

'Nega IIV Matbuot xizmati jim? Vazir o`rinbosari ishdan olingani va general Dmitriy Pan qamoqqa olingani yolg`onmi?'ning rasmi

"Jahon.uz" avvalroq, "Ichki ishlar vazirligi va tizimida bir qator mulozimlar zudlik bilan ishdan olindi" sarlavhasi bilan material e`lon qilgan edi.

Unda, Qo`mondon general-Dmitriy Pan o`z lavozimidan ozod etilgani ma`lum qilingan edi. Bizga hozir ma`lum bo`lishicha, general hattoki qamoqqa olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Panning qamoqqa olinishi ortidan bir necha xodimlarning ham ishdan ozod etilgani aytilmoqda. Ishdan bo`shatilgan xodimlarga nisbatan hozircha qamoqqa olish ehtiyor chorasi qo`llanilmagan.

Qorovul qo`shinlari qo`mondonining lavozimidan olinishiga asosiy sabablardan biri mamlakatimizdagi mahkumlarni saqlash joylari (qamoqxona, manzil-koloniyalari)da ro`y berayotgan tartibsiz hamda Ichki ishlar xodimlari tomonidan yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklar bo`lgan.

Vazir o`rinbosari ishdan olingani haqida ikkita manba ma`lumot berdi ammo negadir internetda faollik ko`rsatayotgan IIV Matbuot xizmati bu boradagi ma`lumotlarni "tishini orasida" saqlashdan nariga o`ta olmayapti.

Allaqachon bu sohaga aloqador bo`lmagan o`quvchilar ham xabardor bo`lgan xabarlar rasman berilmayotgani tushunarsiz. 

Biz rasmiy ma`lumot berilishini va unda voqealar hamda sabablar shaffof yoritilishini kutib qolamiz.

    Boshqa yangiliklar